“Yangi avlod avtomobili” musobaqasiga start berildi!
“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali doirasida mashinasozlik muhandisligi yo‘nalishidagi eng innovatsion bellashuvlardan biri “Yangi avlod avtomobili” musobaqasi boshlandi.
Unda respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 20 dan ortiq jamoa, 200 nafardan ziyod yosh muhandis o‘zlari loyihalagan eksklyuziv elektromobillar bilan ishtirok etmoqda.
Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘z prototiplarini 10 kilometrlik yopiq trassada sinovdan o‘tkazadi. Asosiy maqsad — minimal energiya sarfi bilan maksimal masofani bosib o‘tish.
Bellashuvda avtomobillarning energiya samaradorligi, texnik yechimlari, innovatsion yondashuvlari, ergonomikasi va dizayni baholanadi.