Yoshlarning innovatsion Tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash ofisi

Yangiliklar va e'lonlar

E'lonlar

“Kelajak muhandislari” Respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy (final) bosqichi

“Kelajak muhandislari” Respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy (final) bosqichi

Akseleratsiya bosqichida eng yuqori natija ko‘rsatgan 90 nafar ishtirokchi 5–7-avgust kunlari tanlovning yakuniy bosqichida g‘oliblik uchun kuch sinashadi.

Final bahslari quyidagi tartibda o‘tkaziladi:

5-avgust — “Eng yaxshi g‘oya”
6-avgust — “Eng yaxshi loyiha”
7-avgust — “Eng yaxshi ixtiro”

Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha talabalar, amaliyotchi-muhandislar hamda professor-o‘qituvchilar o‘z ishlanmalarining amaliy va iqtisodiy samaradorligini kengaytirilgan ekspertiza oldida himoya qiladilar.

Taqdimotlar yakuniga ko‘ra tanlovning 9 nafar mutloq g‘olibi aniqlanadi va bosh sovrin — BYD avtomobili bilan taqdirlanadi.

Kategoriya: E'lonlar