Yoshlarning innovatsion Tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash ofisi

Yangiliklar va e'lonlar

Tadbirlar

“Kelajak muhandislari”: Dron futbol musobaqasi

“Kelajak muhandislari”: Dron futbol musobaqasi

“Alpomish” muz saroyida aviatsiya muhandisligi yo‘nalishidagi musobaqalardan biri — “Dron futbol” bahslari bo‘lib o‘tmoqda. Unda 3 kishidan iborat jamoalar (1 hujumchi va 2 himoyachi) o‘zaro bellashmoqda.

“Dron futbol” — bu 360° himoya qafasiga ega dronlar yordamida maxsus maydonda o‘tkaziladigan jamoaviy sport turi hisoblanadi. O‘yin 6×3×3 metr o‘lchamdagi maydonda tashkil etilib, unda dron “to‘p”ni diametri 40 sm bo‘lgan halqa shaklidagi darvozadan o‘tkazish orqali gol uriladi.

Har bir uchrashuv 2 bo‘limdan iborat bo‘lib, har bir bo‘lim 3 daqiqa davom etadi. Musobaqa davomida ishtirokchilardan aniq boshqaruv, tezkor qaror qabul qilish va jamoaviy muvofiqlik talab etiladi.

Kategoriya: Tadbirlar