“Kelajak muhandislari – 2026” xalqaro festivali doirasida “Chip Design” musobaqasining final bosqichi bo‘lib o‘tmoqda
🚀 Kelajak texnologiyalari aynan shu yerda yaratilmoqda!
🚀 Kelajak texnologiyalari aynan shu yerda yaratilmoqda!
Respublika miqyosidagi eng nufuzli tanlovlardan biri — “Kelajak muhandislari” loyihasi doirasidagi Chip Design musobaqasining hal qiluvchi FINAL bosqichiga start berildi.
👨💻 Yurtimizning eng iqtidorli yosh muhandislari va bo‘lajak yarimo‘tkazgich mutaxassislari o‘z loyihalarini taqdim etib, himoya qilmoqda. Bu nafaqat musobaqa, balki O‘zbekistonning mikroelektronika sohasidagi muhim qadamlardan biridir.
♻️ Final bosqichida:
— eng murakkab arxitektura yechimlari;
— innovatsion mikrosxema dizaynlari;
— soha ekspertlari tomonidan professional baholash jarayonlari o‘tkazilmoqda.